Andijonda bankka o‘g‘rilikka tushganlar ushlandi
3-sahifa
−
01 aprel 2021
7749Andijondagi “Hamkorbank” filiallaridan biriga o‘g‘rilikka tushganlar videokameralar yordamida topilib, qo‘lga olindi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar qilindi.
Joriy yilning 18 mart kunidan 19 mart kuniga o‘tar kechasi 3 nafar fuqaro bir guruh bo‘lib, oldindan kelishuvga asosan, sheriklaridan birining “Jiguli” mashinasidan foydalanib, o‘g‘rilik qiladi.
Ular Bo‘ston tumanidagi “Hamkorbank” Shahrixon tumani filiali Bo‘ston bank xizmatlari ofisiga eshikni buzish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, bino ichida bo‘lgan, seyfda saqlanayotgan, fuqaroga tegishli 850 ming so‘m pul, “Hamkorbank” yozuvli shtamp, “Kassir” yozuvli dumaloq pechatni, 1 dona terminal va 2 dona kompyuter ekranini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida gumonlanuvchilar Asaka tumanida yashovchi fuqarolar ekanligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchilar Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
LiveBarchasi