Andijonda ham yong‘in bo‘ldi
3-sahifa
−
24 mart
2658Bugun, 24 mart kuni Andijon viloyatidagi uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 10:30 da Andijon shahar “Mustaqillik” MFY Ye.Ashurov ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:34 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in 10:37 da o‘rab olingan va 10:45 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida uyning 30 kv m maydonda tom qismi yonib zararlangan. Yong‘in-qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli uyning 100 kv m maydoni yong‘indan saqlab qolinib, boshqa tutash uylarga tarqalishi oldi olingan.
“Yong‘indan tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik va O‘zbekiston tumanlarida yong‘in sodir bo‘lgandi.
LiveBarchasi