Andijonda haydovchi YPX xodimini kaltakladi (video)

Jamiyat

image

Andijon shahrida haydovchi YPX xodimini kaltaklab, o‘ldirish bilan tahdid qildi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Andijon shahrida xizmat vazifasini olib borayotgan YPX inspektorining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, avtomobil jarima maydoniga olib kirilgan payt  jarayonlar jadallashib ketgan.

Jarima maydonchasida haydovchi inspektorni kaltaklab, yuz qismiga bir necha bor tan jarohati yetkazgan.

Shuningdek, haydovchi avtomobilida bo‘lgan o‘tkir tig‘li xo‘jalik pichog‘ini olib, YPX xodimini o‘ldirish bilan qo‘rqitgan. 

Mazkur holat yuzasidan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YPX Andijon

Baholaganlar

391

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing