“Andijon voqealari”dan keyin O‘zbekistondan ketgan Chupik Rossiyada hibsga olindi. U deport qilinishi mumkin
Jamiyat
−
25 Sentabr 2021
35076Bugun, 25 sentyabrga o‘tar kechasi Rossiyada huquq-tartibot organlari tomonidan muhojirlarga yordam beradigan “Tong Jahoni” notijorat tashkiloti rahbari Valentina Chupik Sheremetevo aeroportida hibsga olindi. Bu haqda “Novaya gazeta” nashri yozmoqda.
“Men Sheremetevo aeroporti, F terminalidagi maxsus hibsxonada o‘tiribman. Hujjatlar olib qo‘yilgani uchun meni qayerga olib ketishlari noma’lum”, deydi Chupik.
Qayd etilishicha, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan inson huquqlari himoyachisiga qochqin maqomi bekor qilingani to‘g‘risida xabar berilgan. Shuningdek, unga 2051 yilgacha mamlakatga kirish taqiqlangan. Endilikda, ayolga O‘zbekistonga deportatsiya bo‘lish xavf solmoqda. U ushbu davlat fuqarosi hisoblanadi.
Xabarga ko‘ra, Chupik bu ma’lumotni “Novaya gazeta”ga yetkazishga muvaffaq bo‘lgan va shundan so‘ng, aloqaga chiqmay qo‘ygan.
“Vatanida uni xavf kutmoqda”, deya qayd etgan nashr.
Ma’lum qilinishicha, huquq himoyachisi “Andijon voqealari”dan keyin Rossiyaga ko‘chib ketgan. U ko‘p yillardan buyon Moskvada yashaydi va huquqni muhofaza qilish organlarining bosimi hamda boshqa muammolarga duch kelgan muhojirlarga bepul yuridik yordam ko‘rsatadi.
LiveBarchasi