Andijon viloyati prokurori “uchdi”

Jamiyat

image

Bosh prokurorning joriy yilning 25 noyabr kungi buyrug‘iga asosan, Andijon viloyati prokurori G‘ayratjon Fozilovich Sobirov faoliyatida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklari sababli egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bu ma’lumotni Bosh prokuratura Matbuot kotibi tasdiqladi.

Shu kunning o‘zida Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida xizmat qilayotgan Eshmurod Qarshiyevich Jo‘rayev Andijon viloyati prokurorining vaqtincha vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Ma’lumot uchun, G‘ayratjon Fozilovich 2018 yilning yanvar oyida Andijon viloyati prokurori etib tayinlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati prokuraturasi xodimi 15 ming AQSH dollari miqdorida pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

prokuror Andijon

Baholaganlar

1118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing