Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Komiljon Sobirovich Komilov Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Komiljon Komilov 1980 yilda Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. U 2000 yilda Andijon qishloq xo‘jaligi institutini hamda 2002 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.  Komiljon Komilov mehnat faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlab, ta’lim sohasida bir qancha rahbar lavozimlarida ishlagan. 

Yangi hokim o‘rinbosari ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti rektori lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, yilning fevral oyidan beri Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Nasibullo Nabiyevich Mo‘minov kecha, 1 noyabr kuni Andijon viloyatining Asaka tumani hokimi lavozimiga tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Andijon hokim o'rinbosari Komiljon Komilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing