Andijon viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
19 aprel 2023 11110 1 daqiqa
Avazbek Ergashev Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Avazbek Ergashev 1966 yil Andijonning Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1992 yilda Andijon paxtachilik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1983 yilda Oltinko‘l tumani “Oq-tepa” shirkat xo‘jaligi a’zosi vazifasidan boshlagan.
1992-2022 yillarda Andijon viloyati Oltinko‘l tumani “Oq-tepa” shirkat xo‘jaligi a’zosi, entomolog-agronomi, bosh agronomi, rais o‘rinbosari, Oltinko‘l tumani qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi urug‘chilik bo‘limi bosh mutaxassisi, Andijon viloyati “Paxta urug‘chilik” birlashmasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziriligi “G‘o‘za urug‘chiligi” respublika markazi boshlig‘i o‘rinbosari, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi, Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan.
U tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr