Andijon va Navoiy IIB boshliqlari o‘zgardi
Jamiyat
−
03 mart 2021 13330 1 daqiqa
Ichki ishlar vazirligi tizimida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Ikki viloyatda IIB boshlig‘i o‘zgardi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Polkovnik Azat Damirovich Tasbayev — Navoiy viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Azat Tasbayev Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Polkovnik Ayubxon Toshxujayevich Rahmatullayev — Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Ayubxon Rahmatullayev IIV Moliya va moddiy-texnika ta’minoti departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025