Andijon va Moskva o‘rtasida muntazam aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat
−
22 aprel 2021
5811Rossiyaning “Royal Flight” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalgan oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Hukumatlari o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim asosida "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasining "Royal Flight" aviakompaniyasiga kecha, 21 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasiga Moskva – Andijon - Moskva yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ekspluatatsion ruxsatnoma berilgan.
Ma’lumot uchun, aviakompaniya parvozlarni Boeing 757-200 havo kemasida amalga oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi hududiga koronavirus infeksiyasi kirishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha Tezkor shtabining 25 mart kuni o‘tkazgan yig‘ilishda bir qator mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston bilan ham 1 apreldan boshlab muntazam aviaqatnovlarni tiklash yuzasidan qaror qabul qilingan edi.
LiveBarchasi