Andijon tumaniga yangi hokim tayinlandi. Avvalgisini Prezident ishdan olgandi
Jamiyat
−
25 Oktabr 2022 8110 2 daqiqa
Andijon tumani hokimi lavozimiga Baxtiyor Rustamovich Mamatkarimov tayinlandi.
Mamatkarimov Baxtiyor 1980 yil Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. 2000 yilda Toshkent moliya instituti, 2013 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2001 yilda “Asakabank” davlat aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyati filiali valyuta sho‘’basi pul almashtirish shoxobchasi kassiri vazifasidan boshlagan.
2003-2020 yillarda “Asakabank” davlat aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyati filiali kredit bo‘limi mutaxassisi, valyuta va savdo amaliyotlar bo‘limi boshlig‘i, kredit bo‘limi bosh mutaxassisi, “Asakabank” davlat aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyati filiali ichki nazorat sektori mutaxassisi, jamg‘arma amaliyotlar sho‘’basi mudiri, Markaziy bank Andijon viloyati bosh boshqarmasi Tijorat banklarini nazorat qilish bo‘limi iqtisodchisi, Banklar va nobank kredit tashkilotlarini nazorat qilish bo‘limi iqtisodchisi, “Trastbank” xususiy ochiq aksiyadorlik birja banki Ichki audit boshqarmasi bosh mutaxassisi, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, Ichki audit departamenti direktori, “Neftgazinvest” mas’uliyati cheklangan jamiyati tuzilgan shartnomalarning ijrosini monitoring qilish bo‘yicha guruhi rahbari, “O‘zLITIneftgaz” AJ boshqaruvi raisining iqtisod va moliya bo‘yicha o‘rinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining moliya va marketing bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 sentyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov yig‘ilishda Andijon tumani hokimi Abdujabbor Ekamberdiyev ishdan bo‘shatilganini ma’lum qilgandi.
Oldinroq, avgust oyida esa Abdujabbor Ekamberdiyev shiyponning to‘rida o‘tirib, fuqarolarni poygakda qabul qilayotgani aks etgan suratlar taqralib, keskin munozaraga sabab bo‘lgandi. Umurzoqov bu ishi uchun O‘zbekiston butun dunyoga sharmanda bo‘lganini aytgandi.
Live
Barchasi