Andijon transport boshqarmasi amaldori pora bilan ushlandi

Jamiyat

image

Andijon viloyati transport boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Joriy yilning 7 may kuni prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrixon tuman bo‘limi tomonidan fuqaro K.K.ning murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Andijon viloyat transport boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i M.A. fuqaro K.ning Nexia rusumli avtomobilin jarima maydonidan chiqarib berish va holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 1 mln so‘m pora olayotgan vaqtida ushlangan. Pullarni boshqa bir fuqaro M.Sh.dan olayotgan bo‘lgan.

K.ning avtomobili maxsus ruxsatnomasiz aholiga pullik transport xizmati ko‘rsatib kelayotganligi uchun jarima maydoniga olingan bo‘lgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya

Baholaganlar

355

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing