Andijon shahar hokimi deputat daxlsizligidan mahrum qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Deputat va Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov 8 ta holatda jami 19 618 kvadrat metr yer maydonini noqonuniy ajratish orqali davlat manfaatlariga 1 mlrd 779 mln so‘m zarar yetkazganligi sababli deputatning daxlsizligi huquqidan mahrum qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga tasdiqladi. 

Aytish joizki, Bahrom Haydarov  davlat manfaatlariga 1 mlrd 779 mln so‘m zarar yetkazishi bo‘yicha joriy yilning 3 fevral kuni Andijon shahar prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan jinoyat ishi doirasida deputat va hokimni tergovga jalb qilish maqsadida Andijon viloyati prokuraturasiga taqdimnoma kiritilgan. 

Dastlabki tergov harakatlari davomida Bahrom Haydarov hokimiyat huzuridagi Yer maydonlarini ajratish bo‘yicha doimiy ishlovchi maxsus komissiya a’zolari bilan guruhda Yer kodeksining 17, 23, 62-moddalari, qolaversa, Prezident hamda Vazirlar Mahkamasining qaror hamda farmoyishlariga zid ravishda jismoniy va yuridik shaxslarga auksion orqali o‘zining vakolatidan qasddan foydalanib, yer maydonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratilishi haqida mutasaddi mansabdorlarga ko‘rsatma bergani aniqlangan.

Hokim aslida bekor qilingan hujjatlarni asos qilib ko‘rsatgan holda, komissiya dalolatnomalari va yer ajratish to‘g‘risidagi qarorlariga soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritib, 2019-2020 yillarda yer maydonlarini ajratish to‘g‘risidagi qaror va farmoyishlarni qabul qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

229

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing