Andijon shahar hokimi davlatga qariyb 2 mlrd zarar yetkazganlikda ayblanmoqda
Jamiyat
−
22 fevral 2022
8570Ijtimoiy tarmoqlarda shahar hokimi Bahrom Haydarov 8 ta holatda jami 19 618 kvadrat metr yer maydonini noqonuniy ajratish orqali davlat manfaatlariga 1 mlrd 779 mln so‘m zarar yetkazganlikda ayblanayotganligi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat bo‘yicha Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov QALAMPIR.UZ'ga Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan Xalk deputatlari Andijon viloyat kengashiga takidimnoma kiritilganini ma’lum qildi.
Matbuot kotibiga ko‘ra, holat bo‘yicha joriy yilning 3 fevral kuni Andijon shahar prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan jinoyat ishi doirasida deputat va shahar hokimi Bahrom Haydarovni tergovga jalb qilish maqsadida Andijon viloyati prokuraturasiga taqdimnoma kiritilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davomida Bahrom Haydarov hokimiyat huzuridagi Yer maydonlarini ajratish bo‘yicha doimiy ishlovchi maxsus komissiya a’zolari bilan guruhda Yer kodeksining 17, 23, 62 moddalari, qolaversa, Prezident hamda Vazirlar Mahkamasining qaror hamda farmoyishlariga zid ravishda jismoniy va yuridik shaxslarga auksion orqali o‘zining vakolatidan qasddan foydalanib, yer maydonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratilishi haqida mutasaddi mansabdorlarga ko‘rsatma bergani aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, hokim aslida bekor qilingan hujjatlarni asos qilib ko‘rsatgan holda, komissiya dalolatnomalari va yer ajratish to‘g‘risidagi qarorlariga sohta ma’lumotlar va yozuvlar kiritib, 2019−2020 yillarda yer maydonlarini ajratish to‘g‘risidagi qaror va farmoyishlarni qabul qilgan.
LiveBarchasi