“Andijon-SGS” U-19 O‘zbekiston chempionatidagi noxush holat bo‘yicha “tilga kirdi”
Sport
−
18 Oktabr 2023
5697Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan futbol bo‘yicha U-19 O‘zbekiston chempionatining 23-turidan o‘rin olgan “Andijon-SGS” va “Neftchi” jamoalari o‘rtasida sodir bo‘lgan janjalli holatga mezbon jamoa munosabat bildirdi.
“Andijon-SGS”ning umidli futbolchisi Bekzod Sulaymonov jamoasining mag‘lubiyatga uchrab turgan paytida o‘zini qo‘lga ola bilmadi va asabiylasha boshladi. Hakamdan ikkinchi sariq kartochkani olib maydondan chetlatilgan futbolchi maydonni sekin tark etib, “Andijon-SGS” jamoasi a’zolariga ruhan ta’sir o‘tkazishga urindi. Natijada har ikki jamoa o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Albatta “Andijon-SGS” futbolchilarining ushbu vaziyatda o‘zini tutishini qoralaymiz. Bu bo‘yicha klub rahbariyati tezkor yig‘ilish o‘tkazib, sportchiga xos bo‘lmagan harakatlar bilan o‘zini “ko‘rsatgan” futbolchilar bilan suhbat o‘tkazdi. Bu borada qat’iy jazo qo‘llaniladi”, deyiladi klub xabarida.
Ma’lum bo‘lishicha, janjal vaqtida ikkala klub vakillaridan hech kim jiddiy jarohat olmagan. O‘yin yakunlangach ikkala tomon ham do‘stona xayrlashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq holat yuzasidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi ish boshlagani xabar qilingandi. Tez orada janjal sababchilariga tegishli jazo choralari belgilanadi.
LiveBarchasi