“Andijon muzqaymog‘i” hayot uchun o‘ta xavfli ekani aytildi

3-sahifa

image
Dunyodagi eng qimmat muzqaymoq Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi north_east

Dunyodagi eng qimmat muzqaymoq Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

“Andijon muzqaymog‘i” nomi bilan sotilayotgan muzqaymoqlarni iste’mol qilish hayot uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Bu haqda Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, “Andijon muzqaymog‘i”ning qachon, qayerda, qay sharoitda va qanday mahsulotdan tayyorlangani haqida hech qanday ma’lumotlar mavjud emas. Hattoki, qadoqlarda mahsulotni qanday sharoitda va qancha muddatgacha saqlash mumkinligi ham keltirib o‘tilmagan. Shu sababdan ham ushbu mahsulotni iste’mol qilish hayot uchun o‘ta xavflidir.

Shuningdek, ushbu mahsulotni ko‘chada sotish uchun hech qanday ruxsatnoma olinmagan. Ular taqdim etishi mumkin bo‘lgan ruxsatnoma ko‘chada sotish uchun emas, balki ishlab chiqaruvchi korxona uchun berilgan. Iste’mol uchun sotilayotgan har bir mahsulot qadoqlangan bo‘lishi va unda ishlab chiqarilgan joyi, sanasi, mahsulot tarkibi va saqlash muddati alohida ko‘rsatilishi kerak.

“Ushbu mahsulotda esa bunday ma’lumotlarni mutlaqo qidirib ham topib bo‘lmaydi. Muzqaymoq sut va sut mahsulotlaridan tayyorlanadi va u tez o‘zgaruvchanlik xususiyatini yuzaga keltiradi. Muzqaymoqlar minus haroratda saqlanishi talab etiladi. Bunday holatda saqlash esa muzqaymoqning erib, sifati o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bu idishlar esa muzlatkich emas, ular mahsulotni to‘g‘ri tarzda saqlab berolmaydi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi har bir xodim har 6 oyda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va maxsus kiyim bilan ta’minlangan bo‘lishi ham talab etiladi. Agar sotuvchi biror bir yuqumli kasallikka chalingan bo‘lsa, savdo paytida uni mijozlarga ham yuqtirishi mumkin.

Bundan tashqari, mavsum boshida ushbu muzqaymoqlar laboratoriya sharoitida tekshirilganda, ular tarkibida stafilokokk bakteriyasi aniqlangan. Ushbu bakteriya oziq-ovqatga tushganda va iste’mol qilinganida, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi, tomoqda yallig‘lanish, toksiko-infeksiya yoki zaharlanish holatlari yuzaga keladi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning O‘zbekistonda sotilayotgan 6 xil turdagi muzqaymoq tarkibida ichak tayoqchasi guruhidagi bakteriyalar borligi aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sanepidqo'mita Andijon muzqaymog'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing