“Andijon” xalqaro turnirdagi yurishini davom ettiradi
Sport
−
22 Oktabr 3551 1 daqiqa
Bugun, 22 oktyabr kuni “Andijon” jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasi-2 turnirining 3-turida “Al-Haldiya”ga qarshi bahs olib boradi.
Mazkur musobaqaning “B” guruhidan o‘rin olgan vodiyliklar o‘z maydoni – “Bobur Arena”da Bahrayn jamoasini qabul qiladi.
Hozirgacha Maksim Shatskix shogirdlari musobaqa doirasidagi 2 ta bellashuvda ham durangga imzo chekkan. Jamoa 2 ochko bilan 3-pog‘onada bormoqda. Keyingi bosqichga esa birinchi va ikkinchi o‘rinlarni band etgan jamoalar yo‘l oladi.
Ma’lumot uchun, “Andijon” – “Al-Haldiya” bellashuvi Toshkent vaqti bilan soat 18:45'da start oladi.
Jahongir Inomjonov
Live
Barchasi