Andijonda ikki yigit tanishini “samosud” qildi

3-sahifa

image

Kecha, 8 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Andijonda ko‘cha bo‘lishni xohlab qolgan otasining bolalariga qaraydiganlar bormi?” sarlavhali videotasvirlar tarqaldi. Videoda 5 kishi o‘zaro janjallashayotganini tasvirlangan.

Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvda videotasvirdagi holatga aniqlik kiritilgan.

Aniqlanishicha, Shohjahon Azimov, Shahbozbek Ma’rufjonov va Ilhomjon Toshmatov oldindan o‘zaro kelishib, ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari va ko‘rishlar sonini ko‘paytirish va soxta mashhurlikka erishish orqali mo‘may daromad topishni maqsad qilgan.

Ular joriy yilning 6 mart kuni o‘zlariga tanish bo‘lgan Rahmatillo Musayevga qo‘ng‘iroq qilib, “Firibgar” nomli qisqa metrajli videorolik ishlayotganini aytgan va unga firibgar rolini o‘ynab berishni taklif qilgan.

Uning roziligi bilan Paxtaobod tumani “Durdiyor” MFYda joylashgan 22-uyda firibgar ushlangani va do‘pposlangani holati sahnalashtirilgan. Ushbu holatlar Shohrux Qo‘ziyev tomonidan uning uyali telefoniga tasvirga olingan.

Ikkinchi video bo‘yicha ham surishtiruv olib borilgan va unda haqiqatan "samosud" bo‘lgani aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, Shohjahon Azimov va Ilhomjon Toshmatov ijtimoiy tarmoqlar orqali Shohruhbek Sultonov bilan yozishmalarda o‘zaro tortishib qolishi oqibatida 7 mart kuni soat 19:00 larda Izboskan tumani “Qo‘g‘ay” MFY hududida ko‘rishib, orani ochiq qilish maqsadida janjallashgan.

Ushbu jarayonlar Ilhomjon Toshmatov telefoniga tasvirga olinib, tarqatib yuborilgan.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon samosud

Baholaganlar

528

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing