“Andijon” futbolchisi Milliy gvardiya xodimini urdi (video)

Sport

image

Joriy yilning 11 avgust kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining navbatdagi turida Toshkentning “Bunyodkor” klubi “Andijon” bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bahsni VIP tribunada tomosha qilgan “Andijon” a’zosi Marlen Chobanov bahsdan keyin stadion ichiga kirishga uringan va gvardiya xodimlari bilan tortishib qolgan. Bu haqda Milliy gvardiya Toshkent shahri bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ichkariga kirish uchun maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lmagan futbolchiga Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi uning qayerga ketayotganligini, chiqish uchun boshqa yo‘lakdan foydalanishi zarurligini aytgan, ammo fuqaro Marlen Chobanov harbiy xizmatchining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, xizmat faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, uning yuz qismiga qo‘li bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Bunyodkor Marlen Chobanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made