Andijon aeroporti faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi
Jamiyat
−
20 dekabr 2022 5066 1 daqiqa
Haddan tashqari sovuq va tuman tufayli Andijon xalqaro aeroporti faoliyati cheklandi. Bu haqda UzAirports matbuot xizmati xabar berdi.
Andijondagi noqulay sharoitlar tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY049 (Andijon-Samarqand), HY050 (Samarqand-Andijon), HY092 (Andijon-Toshkent) yo‘lovchi reyslari bekor qilindi.
Qayd etilishicha, sotib olingan chipta pullari yo‘lovchilarga qaytarib beriladi.
Viloyat aeroporti ma’lumotlariga ko‘ra, o‘ta sovuq tuman ertagacha davom etishi kutilmoqda.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust