Andijon hokimining ishdan olingani haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi – O‘zA
Jamiyat
−
14 aprel 2023
19740Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ishdan olingani haqidagi xabar rad etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
“Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Qo‘shoqboyevich Abdurahmonovning lavozimidan olindi, degan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi O‘zA xabarida.
Bugun, 14 aprel kuni Andijon viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish boshqarmasi boshlig‘i Dilshodbek Abdumalikovich Karimov tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Bundan 2 kun avval Shuhratbek Abdurahmonovga o‘xshaydigan shaxsning nojoiz harakatlari tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Videoyozuvning bir qismi xiralashgan, hokim yuzi eng oxirida ko‘ringan.
Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmatiga ko‘ra, bugun, 14 aprel kuni viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Paxtaobod tumanining Do‘stlik massivida 55 gektar maydondan iborat sanoat zonasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi bilan tanishgan. Shuningdek, hokim zonadagi ish sur’ati va sifatiga ahamiyat qaratgan holda qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash borasida topshiriq va ko‘rsatmalar bergan.
LiveBarchasi