Andijon hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
27 mart
3858Ulug‘bek Shuhratjon o‘g‘li Jo‘rayev Andijon viloyat hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu tayinlovga qadar u Andijon viloyat hokimligining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha kotibiyat mudiri lavozimida ishlab kelgan.
Ma’lumot uchun, u 1990 yilda Andijon tumanida tug‘ilgan. Andijon qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2015 yilda Andijon shahar moliya bo‘limida xo‘jalik ishlari mudiri sifatida boshlagan.
2016-2020 yillarda Andijon tumani hokimligi moliya bo‘limining byudjet bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari hamda bo‘lim boshlig‘i, 2022-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Andijon viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Andijon viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, авvaлроқ Ulug‘bek Odashevich Rahimov Andijon viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan edi.