Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov lavozimidan ozod etildi
Jamiyat
−
14 aprel 2023
42166Andijon viloyatini 10 yildan buyon boshqarib kelayotgan hokim Shuhrat Abdurahmonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov bilan birga viloyatning barcha tashkilot va idoralar rahbarlari Prezident topshirig‘iga binoan chaqirtirilgan. Yig‘ilishda viloyat hokimi guvohnomasi olingan.
Andijon viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish boshqarmasi boshlig‘i Dilshodbek Abdumalikovich Karimov tayinlangan.
Shuhratbek Abdurahmonovning nima uchun ishdan olingani rasman e’lon qilinmagan. Biroq bundan 2 kun avval unga o‘xshaydigan shaxsning nojoiz harakatlari tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Shuhratbek Abdurahmonov 2013 yil 1 aprelda Andijon viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan, 2013 yil 26 aprel kuni Xalq deputatlari Andijon viloyat sessiyasida uning nomzodi viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlangan. U boshqa hokimlar ichida eng uzoq vaqt – 10 yil davomida viloyatga rahbarlik qildi.
LiveBarchasi