Yevropa aholisini qirib yuborgan vabo Mo‘g‘ulistonda aniqlandi. Mamlakat karantinga olindi
Olam
−
01 iyul 2020
20173Rossiya bilan chegaradosh G‘arbiy Mo‘g‘ulistonda bubon vabosi kasalligi qayd etildi. Shu sabab mamlakatda noma’lum muddatgacha davom etadigan karantin e’lon qilindi.
Bubon vabosining virusi ikki nafar mahalliy erkakdan va ayoldan topilgan. Kasallikning boshlanishidan oldin, ular ikkalasi ham infeksiya manbai bo‘lishi mumkin bo‘lgan sug‘ur go‘shtini iste’mol qilishgan.
Kasallar shifoxonaga yotqizilgan. Ayolning ahvoli og‘ir, deya hisoblanmoqda.
Ta’kidlanishicha, kasallikdan oldin u juda ko‘p odamlar bilan aloqa qilgan. Infeksiya bilan zararlangan 460 kishi bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil noyabr oyida Xitoyning shimolida bubon vabosi bilan to‘rtta yuqtirish holati qayd etilgan. Barcha bemorlar Ichki Mo‘g‘uliston deb nomlangan avtonom hududda istiqomat qilishgan. Rasmiylar Rossiya va Xitoy chegarasida nazoratni kuchaytirishga qaror qilishdi.
Bubon vabosi – odamga infeksiyaga chalingan burganing chaqishi natijasida, shuningdek, kasal va havodan tushgan tomchilar orqali yuqishi mumkin. Bemorlar antibakterial dorilar bilan davolanadi, ammo ko‘p narsa bemorning ahvoliga bog‘liq. Kasallikning kech bosqichini davolash ancha qiyin.
Aynan mana shu vabo XIV asrda Yevropaning yarim aholisini qirib yuborgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr