Qanday ob’ektlar noyob hisoblanadi?
Jamiyat
−
07 fevral 2019
6578O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Noyob ilmiy ob’ektlarni aniqlash, ularni saqlash va monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Ob’ektlarni noyob ilmiy ob’ektlar deb topish Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Nizomga muvofiq, noyob ilmiy ob’ekt deb hisoblashda ob’ektlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
ob’ektning respublikada yagonaligi;
ob’ektning ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi va ilmiy tadqiqotlarda foydalanilayotgan bo‘lishi;
tegishli sohada ushbu ob’ektsiz fundamental yoki amaliy tadqiqot olib borishning imkonsizligi;
ob’ektning moddiy jihatdan yuqori qiymatga egaligi.
Ob’ektlarni noyob ilmiy ob’ektlar deb topish bo‘yicha takliflar 1 aprelgacha qabul qilinadi hamda 30 aprelgacha noyob ilmiy ob’ektlar deb topilgan ob’ektlar ro‘yxati e’lon qilinadi.
Tasarrufida noyob ilmiy ob’ekt bo‘lgan muassasa rahbari ob’ektning saqlanishi uchun javobgardir.
LiveBarchasi