Anchelotti so‘nggi 3 yilda Gvardiola jamoasini 1 marta mag‘lub etdi

Sport

image
0:00
0:00
download

10 mayga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalida “Real” va “Manchester Siti” o‘zaro bahs olib bordi – 1:1.

2020 yilning 1 yanvaridan 2021 yilning 23 mayigacha “Everton”ni boshqargan Anchelotti Gvardiola qo‘l ostidagi “shaharliklar”ga qarshi 4 ta o‘yinning barchasida mag‘lub bo‘ldi.

2022 yilning 26 aprelida “Real Madrid”da murabbiy sifatida italiyalik mutaxassis yana Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalida “Man Siti”ga yutqazdi (3:4), ammo 4 may kuni revansh oldi – 3:1.

Shu tariqa, so‘nggi 7 o‘yinda Anchelotti Gvardiola ustidan 1 ta g‘alabaga erishdi. Ikki murabbiy hammasi bo‘lib 9 marta to‘qnash kelgan: 3 ta o‘yinda g‘alaba italiyalik murabbiyga, 5 tasida esa ispaniyalik mutaxassisga nasib etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Anchelotti “Manchester Siti” “Real”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made