Anchelotti “Real” “City”ga qarshi qanday uslubda o‘ynashini aytdi

Sport

image

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti YeCHL yarim finalida, “Manchester City”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsda asosiy e’tiborni himoyaviy o‘yinga qaratishini aytdi. Bu haqda “Real” klubi rasmiy saytida ma’lum qilingan.

“Agar, siz uyushqoq jamoa bo‘lmasangiz, himoyalanishda muammolarga duch kelasiz. Bizning uslubda himoya o‘yinda   muhim ahamiyat kasb etadi. Yaxshi himoyalanish, ixcham va uyg‘un o‘ynash g‘alabamizning kaliti bo‘lishi mumkin. “City” to‘pga ega bo‘lganida hujumda cho‘zilishlar bo‘ladi. Agar, shunday bo‘lsa, biz himoyalanib, “City”ning hujumini nazorat ostiga olishga harakat qilishimiz kerak” degan italiyalik murabbiy.

“Los blankos” ustozining qo‘shimcha qilishicha, “Real” vaziyatga qarab “City”ga past, o‘rta va kuchli bosim o‘tkazadi. 

“Real” vaziyatga qarab, “Siti”ga past, o‘rta va kuchli bosim o‘tkazadi. To‘pni qaytarib olganimizda esa, imkoniyatlarimizdan va o‘yinchilarning saviyasidan maksimal darajada foydalanishimiz kerak. Buni mustahkam himoyalanish yoki to‘g‘ri futbol o‘ynash orqali amalga oshirish mumkin. Qanday o‘ynashimiz sir emas. Biz “Siti”ga qarshi aynan shunday uslubdan foydalanamiz”, degan Anchelotti. 

Ma’lumot o‘rnida, bugun, 26 aprel kuni Manchester shahri (Angliya), “Etihad Stadium”da Yevropa Chempionlar ligasi yarim finali doirasida “Manchester City” – “Real” o‘rtasidagi ilk uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

“Real” “Siti”ga qarshi

Baholaganlar

43

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar