Anchelotti “Real” sardorini jamoada olib qolmoqchi

Sport

image

Madrid klubini tark etmoqchi bo‘lgan “Real Madrid” sardori Nacho Fernandes yana bir mavsum jamoada qolishi mumkin. Bu haqda “Football-Espana” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi faoliyatini MLSda davom ettirmoqchi edi, biroq hali biror klub bilan kelishuvga erisha olmagan. Shuningdek, u oilasini Saudiya Arabistoniga olib ketishni istamagani uchun “Al-Nasr”ning taklifini rad etgan.

“Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yana bir mavsum Madrid klubida qolish iltimosi bilan shaxsan Nachoga murojaat qilgan. Nacho mavsum davomida kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lganidan norozi. Klubda David Alabaning jarohatlari tufayli braziliyalik futbolchi Eder Militao mavsum oxirida muntazam asosiy tarkibda maydonga tushdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid Karlo Anchelotti Nacho Fernandes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made