Anchelotti “Real”ning sobiq futbolchisini o‘ziga yordamchi qilib olib keldi

Sport

image

Xabaringiz bor, kuni kecha “Real Madrid” murabbiylik postiga jamoaning sobiq murabbiyi Karlo Anchelotti qaytdi. “Everton” bilan shartnomasini muddatidan avval bekor qilgan italiyalik mutaxassis o‘ziga yordamchi sifatida “Qirollik klubi”ning sobiq himoyachisi Alvaro Arbeloani olib kelishni taklif qildi va rahbariyat uning taklifiga rozi bo‘ldi. Bu haqida Ispaniyaning “Marca” nashri xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Arbeloa “Real”ning U-14 jamoasida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan hamda uning qo‘l ostida yoshlar jamoasi Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, Karlo Anchelotti 2013–2015 yillar davomida “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan. Ushbu mavsumlarda unga dastlab Zidan, keyinchalik esa Fernando Yerro yordamchilik qilgan.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Real Anchelotti Arbeloa

Baholaganlar

61

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing