Ana xolos! Prezidentlikdan ketgan Poroshenko davlatga xiyonatda ayblanmoqda

Olam

image

Ukraina davlati sobiq prezidenti  Pyotr Poroshenkoga dalatga xiyonat qilish ayblovi qo‘yilmoqda. 

RIA Novosti nashri xabariga ko‘ra, Ukraina davlat tergov byurosi (GBR) mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Davlat byurosining bildirishicha, gap 2018 yil 25 noyabrdagi voqealar, ya’ni Ukraina harbiy-dengiz kuchlariga qarashli kemalar Kerch ko‘rfaziga kirganligi holati to‘g‘risida bormoqda. 

Mazkur holat bo‘yicha arizani Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich ma’muriyati boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari Andrey Portnov bergan. Portnovning bildirishicha, Poroshenko davlat rahbari lavozimida bo‘lgan chog‘ida mamlakatda harbiy holatni joriy etish uchun ukrain dengizchilarini qurbon qilgan va ularni Kerch ko‘rfaziga yuborib davlatga xiyonat qilgan.

Ma’lumot uchun, 2018 yil noyabrda Ukraina HDKning uchta kemasi Rossiya chegarasini buzib kirgan va xavfli manyovrlarni sodir etgan.

Chegarachilar kemalarni hibsga olgan. Kemalarda 24 nafar harbiy, jumladan, Ukraina xavfsizlik xizmatining ikki nafar xodimi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Pyotr Poroshenko aprel oyida mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Vladimir Zelenskiyga imkoniyatni boy bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Pyotr Poroshenko

Baholaganlar

260

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing