Ana xolos! AQSH Rossiyaning “biqin”iga qo‘shin tashlayapti
Olam
−
02 fevral 2022
32022Bugun, 2 fevral kuni AQSH Prezidenti Jozef Bayden Ukrainaga ko‘mak uchun Sharqiy Yevropaga qo‘shin yuborishni ma’qulladi. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar bergan.
AQSH hukumatining bildirishicha, 2 000 nafar amerikalik harbiylar NATOga a’zo bo‘lgan Germaniya va Polsha hududiga joylashtiriladi. Hozirga qadar Qo‘shma Shtatlarga qarashli 1 000 nafar harbiydan iborat qo‘shin Germaniya va Ruminiyada bo‘lib turibdi.
Bundan tashqari, Ukrainaning Yevropadagi ittifoqchilari hisoblangan Polsha va Britaniya ham Kiyevning tarafini olib kelmoqda. Bu orada Britaniya tomoni Ukrainani qo‘llashi haqida bong urib, "qovun tushirish"ga ham ulgurdi.
Gap shundaki, Britaniya Tashqi ishlar kotibi Liz Trass o‘z nutqida adashib “Britaniya Qora dengiz orqali o‘zining Boltiqbo‘yi hududida joylashgan ittifoqchisiga qurol-yaroq yetkazib berishi” haqida aytgan. Qizig‘i Qora dengiz Yevropaning sharqida joylashgan bo‘lib, Britaniya uchun umuman noqulay marshrut hisoblanadi.
Britaniya rasmiysining xatosi ustidan kulib Rossiya TIV Matbuot kotibi Mariya Zaharova ijtimoiy tarmoqqa post joylagan.
“Trass xonim sizning tarix haqidagi bilimlaringiz georgafiya borasidagi bilimingiz oldida hech narsa emas ekan. Agar kimdur dunyoni nimadandir qutqarmoqchi bo‘lsa, uni mana shunday ahmoqlik va bee’tiborliklardan qutqarsin”, deya yozib qoldirgan Kreml rasmiysi o‘z postida.
Ukraina-Rossiya nizosi
So‘nggi paytlarda Rossiya-Ukraina mojarosi jiddiy tus olgan. Bir tomonda Kiyevni qo‘llayotgan AQSH va NATO turgan bo‘lsa boshqa tomonda urushga qarshi harbiy tayyorgarliklarni boshlab yuborgan Rossiya turibdi.
Ukrainaning tarafini olib AQSH Kiyevga 200 million dollar miqdoridagi, qariyb 500 tonna qurol-yarog‘, 300 ta Jevelin tankka qarshi o‘t ochar texnikalari va 5 ta MI-17 vertolyotini yetkazib berganini bildirgan. Bundan tashqari, 8 500 nafar harbiyni Sharqiy Yevropaga yuborish uchun shay holda ushlab turgani haqida ma’lum qilgan.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi esa Ukrainaga elita bo‘linmasining 30 nafar harbiy xizmaitchisini, 2 000 ta tankka qarshi raketa va qurol-yarog‘ yuborilgani haqida xabar bergan.
Boshqa tomondan, Rossiya Ukraina bahonasida “burni tagiga” tiqilib olayotgan NATOning Sharqiy Yevropa tomon siljib kelishini qoralab, unga qarshi o‘z hududi va Belarusning Ukraina bilan chegaradosh yerlarida 100 000 dan ortiq qo‘shin va harbiy texnikalar to‘plagan.
LiveBarchasi