Ana xolos! Farg‘onada ham IIB xodimini urgan fuqaro qamaldi
3-sahifa
−
22 mart 2022
10504Farg‘onada Ichki ishlar boshqarmasi xodimiga tan jarohati yetkazgan fuqaro qamaldi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 17 mart kuni tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari M.G‘. va T.I. YPX inspektori G.M. Nexia-3 rusumli avtomobilni to‘xtatgan.
Biroq, Nexia-3 haydovchisi N.S. mast holda profilaktika inspektorlari T.I. va M.G‘.ni haqorat qilib ulardan biriga tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Avvalroq, Samarqandda 3 nafar Yo‘l-patrul xizmati xodimlarini kaltaklagan shaxs qamalgandi.
LiveBarchasi