Anhor kanalidan jasadi topilgan erkak kim edi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
Toshkentdagi Anhor kanalidan erkak jasadi topildi north_east

Toshkentdagi Anhor kanalidan erkak jasadi topildi

Avvalroq, 20 aprel kuni Toshkentning Shayxontohur tumanidagi Labzak mahallasidan oqib o‘tuvchi kanaldan noma’lum erkak jasadi topilgani haqida xabar bergandik.

Ushbu topilgan jasad tekshirilganda Yunusobod tumanida ro‘yxatda turuvchi 1979 yilda tug‘ilgan erkakligi aniqlangan. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturi xabar qildi.

Murdaning shaxsi 21 aprel kuni qo‘l-barmoq izlarini tekshirish yo‘li bilan aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, kanalda oqayotgan erkak jasadini birinchi bo‘lib Xalq ta’limi vazirligi Matbuot kotibi Laylo Rustamova ko‘rib qolgan va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Bosh prokuraturadagi hamkasblariga xabar qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani Bosh prokuratura tomonidan tergov oldi harakatlari olib borilmoqda.

 

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

bosh prokuratura

Baholaganlar

562

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing