Amsterdamda davlat xizmatchilariga Telegram’dan foydalanish taqiqlandi

Olam

image

Amsterdam munitsipaliteti josuslik va jinoiy maqsadlarda foydalanish tahdidi tufayli davlat xizmatchilariga ish telefonlarida Telegram ilovasidan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda BNR xabar berdi.

Telegram’ga Rossiyada asos solingan, ammo bosh ofisi Dubayga ko‘chgan. Shuningdek, kompaniya Virjiniya orollarida ham rasman ro‘yxatdan o‘tgan.

BNR ma’lumotlariga ko‘ra, garchi ilova haqida mamlakat bo‘ylab xavotirlar mavjud bo‘lsa-da, boshqa hech bir munitsipalitet Telegram’ni taqiqlagani yo‘q. Parlament hatto shu yil boshida ehtimoliy taqiqni muhokama qilgan, biroq Niderlandiyaning o‘sha paytdagi Adliya va xavfsizlik vaziri Dilan Yeshilgyoz-Zegerius bu so‘z erkinligini o‘ta jiddiy buzish bo‘lishini ta’kidlagan.

Telegram’ning butun dunyo bo‘ylab 1 milliard, jumladan, Niderlandiyada ham deyarli 2 million foydalanuvchisi bor.

“Bu milliy hukumat o‘tgan yili davlat xizmatchilarining telefonlarida Tik-Tok’ni taqiqlaganidan beri Niderlandiyada taqiqlangan eng katta ilova”, deya ta’kidladi BNR.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Takvim” va “Sabah” gazetalari manbalariga tayanib, Turkiya hukumati Telegram’ni mamlakatda messenjer bloklanishi mumkinligidan ogohlantirganini xabar qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Telegram Amsterdam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing