Amir Temur qabri qanday ochilgan? (foto)
Jamiyat
−
26 Oktabr 2020
54950O‘zarxiv” agentligi Samarqand shahrida joylashgan Go‘ri Amir maqbarasidagi Amir Temur qabri ochilishi aks etgan suratlarni omma e’tiboriga havola etdi.
1941 yil Amir Temur qabrini ochilishi ekspeditsiyasiga akademik T.N.Qori-Niyoziy va antropolog M.M.Gerasimov boshchilik qilgan.
Ta’kidlanishicha, ushbu foto hujjat Samarqand viloyat davlat arxivida saqlanmoqda.
1941 yilning aprel oyida Samarqanddagi Amir Temur, Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy dahmalarini ochishga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.
Xalq orasidagi rivoyatlarga ko‘ra, Sohibqironning ruhi bezovta qilinsa, urush boshlanishi muqarrar bo‘lgan. Bu voqeadan keyin 1941 yilda Ikkinchi jahon urushining SSSR hududidagi asosiy qismi boshlangan.
LiveBarchasi