Amir Xon faoliyatini yakunlash niyatida
Sport
−
04 aprel 2020
10821Birinchi yarimog‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni britaniyalik Amir Xon yaqin vaqt ichida boksdagi professional faoliyatini yakunlash niyatida.
“Yana ringga ko‘tarilamanmi? Buni o‘zim ham bilmayman. Bu savolni o‘zimga qayta-qayta beryapman. Mashg‘ulot lageridan qaytganimdan so‘ng aniq qarorga kelaman. Agarda jang qila olmasligimni bilsam faoliyatimni yakunlayman”, deya izoh qoldirgan Amir Xon.
2019 yil 13 iyul kuni Amir Xon professional boksda yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Billi Dibga qarshi jang qilgan va raqibini nokautga uchratib g‘alaba qozongan.
Ma’lumot o‘rnida, Amir Xon boksdagi professional faoliyatida 39 marotaba ringga ko‘tarilgan va 34 ta jangni g‘alaba bilan yakunlagan. 5 marta mag‘lubiyatga uchragan. 39 jangning 21 tasida raqiblarini nokautga uchratib, muddatidan avval g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Amir Xon yarim o‘rta vazn toifasida WBA (2009-2011) va IBF (2011) yo‘nalishida jahon chempioni bo‘lgan.
LiveBarchasi