“Amerikaning qo‘li bor”. Boeing fojiasining yangi taxminlari aytildi

Olam

image

Joriy yilning 8 yanvar kuni Ironning havo hujumidan mudofaa tizimi “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ga qarashli Boeing 737-800 samolyotining kodi radarlardan yashirilgan. Havo laynerining urib tushirilishi bilan bog‘liq yangi taxmin Eron Majlisi deputati Ahmad Alirizobeygiy tomonidan bildirilgan.

“Bu ishda Amerikaning qo‘li borligi istisno etilmaydi. Islom inqilobi muhofizlari korpusida professional bo‘lmagan odamlar o‘tirmaydi. Eng qizig‘i, samolyot radarlardan yashiringan bo‘lishi mumkin. Va uni masofadan turib boshqarish imkoniyati bo‘lgan”, deb tasdiqladi siyosatchi. 

Shu bilan birga u fojiani tekshirish ishlari yakunlanishini kutish zarurligini aytgan. Tehron, birinchi navbatda halok bo‘lganlarning oila a’zolariga ompensatsiya to‘lashi lozimligini ta’kidlab o‘tgan.

11 yanvar kuni Islom inqilobi muhofizlari korpusi Boeing halokatini o‘z zimmasiga olgan va bu ataylab qilinmaganini iddao qilgandi. Korpusning aerokosmik kuchlar qo‘mondonligi generali Amir Ali Hojizodaning so‘zlariga ko‘ra, zenitli-raketali majmua laynerni dushman ob’ekti sifatida qabul qiladi. Ammo majmua operatori aloqadagi nosozlik tufayli qo‘mondonlikka bu haqida xabar bera olmaydi va uni urib tushiradi. 

Eron hukumati rasmiy Kiyevdan uzr so‘radi, kompensatsiya to‘lanishi, tergov ishlari olib borilishini va’da berdi. Bu ishga aloqador bir necha kishi hibsga olindi. 

Eslatib o‘tamiz, fojiada 176 kishi halok bo‘ldi. Ularning aksari Kanada va Eron fuqarolari bo‘lgan.  Shundan so‘ng, Tehron sodir bo‘lgan voqeada javobgarligi borligini e’lon qilgach, respublikada hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar boshlanib ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Ukraina Boeing

Baholaganlar

358

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing