Amerikaliklarning nechi foizi Baydenni qo‘llaydi?

Olam

image

Joriy yilning 1-2 noyabr kunlari o‘tkazilgan so‘rovlar Amerika Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Jo Baydenning reytingi oshganligini ko‘rsatmoqda. Ammo Demokratik partiya hamon Kongressning Vakillar palatasi ustidan nazoratni yo‘qotishi mumkinligi kutilmoqda. Bu haqda “Reuters” agentligi yozib chiqdi.

Ikki kunlik so‘rov shuni ko‘rsatdiki, amerikaliklarning 40 foizi Baydenning ish faoliyatini ma’qullaydi. Bu natija bir hafta oldingiga qaraganda yaxshiroq.

O‘sishga qaramay, Baydenni ma’qullash reytingi uning prezidentlik davridagi eng past darajaga yaqinligicha qolmoqda. Uning mashhur emasligi respublikachilar joriy yilning 8 noyabrida bo‘lib o‘tadigan Oraliq saylovlardan keyin Vakillar palatasi va ehtimol Senat ustidan nazoratni qo‘lga kiritadi, degan fikrni kuchaytirishga yordam bermoqda.

Qayd etish kerakki, respublikachilarga Kongressning hatto bitta palatasini nazorat qilish ham Baydenning qonunchilik kun tartibini to‘xtatib qo‘yish vakolatini beradi.

2021 yil yanvar oyida COVID-19 pandemiyasining o‘rtasida lavozimga kirishgan Baydenning muddati global sog‘liqni saqlash inqirozining iqtisodiy izlari, jumladan, inflyatsiyaning o‘sishi bilan ajralib turibdi. Bu yil amerikaliklar orasida Baydenni ma’qullash reytingi may va iyun oylarida 36 foizgacha tushib ketgan.

“Reuters” o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, respondentlarning 3 dan 1 qismi iqtisodiy sohani AQSHning eng katta muammosi ekanligini aytgan. So‘rovnomada ishtirok etganlarning 10 dan 1 qismi esa jinoyatchilik va abort bo‘yicha milliy huquqlarning tugashi muammo sifatida keltirilgan.

Ma’lumot uchun, so‘rovnoma AQSHning barcha shtatlari bo‘ylab onlayn o‘tkazilgan. Unda 1004 nafar katta yoshli amerikaliklar ishtirok etgan. Jumladan, so‘rovlarda 455 nafar demokrat va 355 nafar respublikachi qatnashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing