Amerikaliklar “Putin solig‘i” to‘layapti – Bayden
Olam
−
11 iyun 2022
17518AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 10 iyun kuni inflyatsiya AQSH uchun “haqiqiy sinov” ekanligini tan oldi va bunda Rossiyani aybladi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Los-Anjeles portida inflyatsiya va uning ma’muriyatining narxlarni pasaytirish choralari haqida gapirar ekan, Bayden “AQSHda [Prezident Vladimir] Putinning oziq-ovqat va benzinga solig‘iga o‘xshash narsa bungacha hech qachon kuzatilmaganini” ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Amerika inflyatsiyaga qarshi dunyoning hech bir davlatida bo‘lmagani kabi kuchli pozitsiyadan turib kurasha oladi”.
“Ammo xato qilmang, inflyatsiya amerikalik oilalar uchun haqiqiy muammo ekanligini tushunaman. Bugungi inflyatsiya hisoboti Amerika allaqachon bilgan narsani tasdiqlaydi: Putin sabab narxlar oshishi Amerikaga qattiq zarba bermoqda. may oyidagi narxlar o‘sishining yarmi yoqilg‘i quyish shoxobchalaridagi gaz narxlari, energiya va oziq-ovqat mahsulotlariga to‘g‘ri keladi”, deydi davlat rahbari.
U AQSH mehnat departamentining hisobotiga izoh berdi, unga ko‘ra, may oyida mamlakatda iste’mol narxlari yillik hisobda 8,6 foizga oshgan, bu 1981 yil dekabridan beri eng katta o‘sishdir.
“Men Putin sabab narxlari oshishiga barham berish, gaz va oziq-ovqat narxini pasaytirish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman”, deb davom etgan Bayden.
Bayden AQSH “Ukraina elevatorlarida tiqilib qolgan” 20 million tonna donni olib chiqish uchun “yevropalik hamkorlar bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini” takrorlagan.
“Biz bu borada ularga yordam berishga harakat qilmoqdamiz, Rossiya esa eksportni to‘sib qo‘ymoqda. Ularni Qora dengizga olib chiqishga ruxsat yo‘q. Biz esa narxlarni pasaytirish uchun uni mamlakatdan qanday olib chiqib ketish haqida o‘ylayapmiz”, degan Vashington ma’muriyati rahbari.
LiveBarchasi