Amerikalik millioner butun umrga qamaldi

Olam

image

Joriy yilning 14 oktyabr kuni AQSH sudi millioner Robert Dyorstni 21 yil avval yaqin tanishi Syuzan Bermanni o‘ldirganlikda ayblab, umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda CCN xabar bermoqda.

Sentyabr oyining boshida sud hay’ati 78 yoshli Dyorstni jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topgan. Hukm chiqarish chog‘ida Nyu-York markazida bir qancha ofis binolariga ega bo‘lgan magnat hech narsa demagan.

2020 yil dekabr oyida “Forbes” jurnali Dyorst oilasining boyligini 8,1 milliard dollarga baholagan. 2006 yilda u oilaviy biznesdagi o‘z ulushini qarindoshlariga 65 million dollarga sotgan. Shu tariqa Dyorstlar oilasi AQSHning eng boy oilalari ro‘yxatida 47-o‘rinni egallagan.

2015 yil mart oyida Dyorst yaqin do‘sti Syuzan Bermanni o‘ldirganlikda gumon qilinib, hibsga olingan. Ayol 2000 yilda o‘z uyida boshidan o‘q yegan holatda topilgan. 1982 yilda esa millionerning rafiqasi sirli ravishda g‘oyib bo‘lgan, keyinchalik uning vafot etgani e’lon qilindi.

2001 yilda Dyorst o‘zi bilan qo‘shni bo‘lib yashagan odamni o‘ldirgan. Ushbu qotillik uchun u sudlangan, ammo sud maslahatchilari uni o‘zini mudofaa qilish zarurati doirasida harakat qilgan, deb topgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

477

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing