Amerikalik iqtisodchi Xitoy iqtisodiyoti “cho‘kayotgani”ni aytdi

Olam

image

Amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sovrindori Pol Krugman yuqori darajadagi ishsizlik  va deflyatsiya tufayli Xitoy iqtisodiyoti turg‘unlik davrini boshdan kechirayotganini ma’lum qildi.  Bu haqda “The New York Times” nashri xabar berdi.

"Bu to‘liq miqyosli inqiroz emas, ammo Xitoy turg‘unlik va tushkunlik davriga kirib borayotganiga asos bor", degan ekspert.

Krugmanning fikricha, ayrim tahlilchilar Xitoyda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq cheklovlar olib tashlanganidan keyin mamlakat iqtisodiyotining o‘sishini kutayotgan edi. YAIMning 5,2 foizga o‘sganini hisobga olmaganda, kutilmalar deyarli o‘zini oqlamadi.

"Xitoyning mehnatga layoqatli aholisi 2010 yildan boshlab, qisqarishda davom etmoqda. Mamlakat ayrim sohalarda texnologik yutuqlarga erishayotgan bo‘lsa-da, umumiy ish unumdorligi sezilarli darajada emas", deydi Krugman.

Iqtisodchi o‘tgan asrning 80-yillarida Yaponiyada kuzatilgani kabi deflyatsiya va yoshlar o‘rtasidagi ishsizlik oshib borayotganiga ham e’tibor qaratgan. Nobel mukofoti sohibi dunyoning yirik iqtisodiyotidagi mavjud vaziyatni Xitoyning "turg‘unlik va umidsizlik davri"ga qadam qo‘yayotganidan darak deb hisoblayapti. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “South China Morning Post” tadqiqotchilari Xitoy aholisi 2023 yilda 2,08 million kishiga qisqargani haqida ma’lum qilgandi va bu kelgusi yillarda ham davom etishi mumkin.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing