Amerikalik askar Shimoliy Koreyaga qochdi. U boshpana so‘ramoqchi

Olam

image

Joriy yilning iyul oyida amerikalik harbiy xizmatchi Trevis King Janubiy Koreyadan o‘zboshimchalik bilan demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tdi va KXDRda hibsga olindi. Buni AQSH Mudofaa vazirligi ham tasdiqladi. Bugun, 16 avgust kuni esa Koreya markaziy axborot agentligi Trevis King KXDR yoki boshqa bir uchinchi davlatdan boshpana so‘rash niyatida ekanini yozdi.

Aytilishicha, tegishli xizmatlar tomonidan o‘tkazilgan dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, Trevis King AQSH qo‘shinlarida g‘ayriinsoniy tahqirlash, irqiy kamsitishlarga qarshi antipatiya borligini va KXDRga borishga qaror qilganini tan olgan. 

Agentlik amerikalik askar "adolatsiz Amerika jamiyati”dan hafsalasi pir bo‘lganini va KXDR yoki uchinchi davlatdan boshpana so‘rashga tayyorligini bildirganini yozgan.

Qayd etilishicha, KXDRga noqonuniy kirganini tan olgan King ishi bo‘yicha tergov davom etmoqda.

AQSH Mudofaa vazirligi esa King Shimoliy Koreya yoki boshqa davlatdan boshpana so‘rashga tayyorligi haqidagi ma’lumotni tasdiqlay olmasligini ma’lum qilgan.

“AQSH Mudofaa vazirligi bu da’volarni tasdiqlay olmaydi. Bizning e’tiborimiz uning xavfsiz qaytishiga qaratilgan. Vazirlik uchun Trevis Kingni uyiga qaytarish ustuvor vazifadir va biz bunga erishish uchun barcha mumkin bo‘lgan kanallardan foydalanamiz", deydi Pentagon vakili.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Shimoliy Koreya Trevis King

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing