Amerikalik afsonaviy basketbolchi Bill Rassell 88 yoshida vafot etdi

Sport

image

NBA (National Basketball Association)ning afsonaviy basketbolchisi amerikalik Bill Rassell 88 yoshida vafot etdi. Bill NBA'ning eng ko‘p sovrin qo‘lga kiritgan sportchisi hisoblanar edi.

Rassell NBA'da o‘tkazgan 13 mavsum davomida (1956-1969)  “Boston Seltiks” bilan 11 marotaba NBA chempionligiga erishgan. Bill besh marta mavsumning eng yaxshi basketbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgan va 12 marta “Yulduzlar o‘yini”da ishtirok etgan. Bundan tashqari, Bill Rassell “Seltiks” bosh murabbiyi sifatida ikki marta NBA chempionligini nishonlagan.

U 1975 yilda Jeyms Neysmit nomidagi basketbol shon-shuhrat zalidan joy olgan. Keyinchalik murabbiylik faoliyatidagi yutuqlari tufayli 2021 yilda xuddi shu zalga yana bir bor kiritilgan.

Shuningdek, 2009 yildan beri NBA'ning final uchrashuvida eng yaxshi basketbolchi uchun beriladigan sovrin Bill Rassell nomi bilan ataladi.


Maqola muallifi

Teglar

NBA Bill Rassell

Baholaganlar

53

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing