“Amerika orzusi...” Samarqand va Toshkentda yangi qalloblar ushlandi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida fuqarolarni noqonuniy ravishda AQSHga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shahrida yashovchi shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, 30 ming AQSH dollari evaziga tanishlari orqali uni Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishini aytgan. U oldindan 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

Bundan tashqari, Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida yashovchi shaxs Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning ishonchiga kirgan. Tanishlari yordamida uni Qo‘shma Shtatlarga yuborish evaziga 21 ming AQSH dollari talab qilgan.

DXX Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda G‘allaorol tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 10 ming AQSH dollari va 100 million so‘m miqdordagi pullarni olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Toshkent shahrida qayd etilgan holatda nufuzli universitetlardan birining talabasi yuqori tashkilotda ishlovchi tanishlari orqali Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida yashovchi fuqaroni Amerikaga yuborish evaziga 20 ming AQSH dollari talab qilgan. U oldindan 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlangan.

Ta’kidlanishicha, har uchchala holatda fuqarolarga “O‘zbekiston – Turkiya – Yevropa – Meksika – AQSH” yo‘nalishida Qo‘shma Shtatlarga ishlash uchun yuborish va’da qilingan.

“Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Samarqand Amerika Qo'shma Shtatlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing