“Amerika orzusi”ni ro‘yobga chiqarmoqchi bo‘lganlar ushlandi

3-sahifa

image

Jizzax va Navoiy viloyatlarida Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda bugun, 1 aprel kuni Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Jizzax viloyat Zafarobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.Q. fuqaro B.B.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 20 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Navoiy viloyat Navoiy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.T. fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, uni Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 14 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

"Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyi boshlarida Buxoro, Samarqand viloyati va Toshkent shahrida Amerikaga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlariga chek qo‘yilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax firibgar Amerika Qo'shma Shtatlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing