Amerika kubogi yarim finalida Braziliya Argentinaga qarshi

Sport

image

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Braziliya yashil maydonlarida “Copa Amerisa-2019” musobaqasi o‘tkazilmoqda. Kecha o‘tkazilgan chorak final o‘yinida mezbon Braziliya terma jamoasi Paragvay ustidan penaltilar evaziga g‘alabani qo‘lga kiritib, ilk yarim finalchiga aylangandi.

Bugun tongda Braziliya terma jamoasining yarim finaldagi raqibi aniqlandi. Musobaqa g‘olibligi uchun asosiy davogarlardan biri bo‘lib turgan Argentina Venesuela terma jamoasini 2:0 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub eta olishdi. Messi jamoadoshlari har ikkala taymda bittadan gol kiritishib, g‘alabani naqd qilishdi.

Venesuela – Argentina 0:2 (0:1, 0:1).

Rio-de-Janeyro shahri, “Marakana” stadioni.

Gollar: 0:1 – 10 Martines, 0:2 – 74 Lo Chelso.

Venesuela: Farines, Ernandes, Chanselor, Rosales (Seyxas, 83), del Pino Mago (Soteldo, 56), Rinkon, Errera, Murilo, Moreno, Machis (Martines, 71), Rondon.

Argentina: Armani, Foyt, Petsselya, Otamendi, Akunya (Lo Chelso, 68), Paredes, de Paul, Talyafiko, Martines (Di Mariya, 64), Aguero (Dibala, 85), Messi.

Ogohlantirishlar: Rinkon (12), Errera (15), Martines (16), Akunya (42), Rondon (44), Soteldo (90).


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya Argentina Copa Amerisa-2019

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing