Amerika kosmik kemasi Marsga yetib bordi (video)

Texnologiya

NASA`ning Mars orbitasiga uchirgan Perseverance rover va Ingenuity vertolyotiga ega Amerika avtomatik sayyoralararo stansiyasi kecha, 18 fevral kuni (Toshkent vaqti bilan bugun) Qizil sayyora yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Bu haqda AQSH Milliy aviatsiya va kosmik boshqarmasi (NASA) xabar bergan.

Hodisa Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:55 da amalga oshirilgan. 

"Biz Perseverance'ning Mars yuzasiga qo‘nganini tasdiqlaymiz", deyilgan agentlik xabarida. 

Marsga qo‘nganidan taxminan uch daqiqa o‘tgach, kosmik kema sayyora yuzasidan birinchi oq va qora tasvirni uzatgan. 

Amerikaning Marsga uchirilgan sayyoralararo avtomatik stansiyasi o‘tgan yilning 30 iyulida ishga tushirilgan edi. 

Perseverance NASA Qizil sayyorani o‘rganish uchun yuborgan Amerikaning beshinchi kosmik kemasi hisoblanadi. 

U dunyodagi eng katta rover bo‘lib, og‘irligi 1025 kggacha yetadi, uzunligi 3 metr, kengligi esa 2,7 metr. 

Shuningdek, u ko‘plab tadqiqot uskunalari bilan jihozlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 fevral kuni Xitoyning "Tyanven-1" zondi Mars orbitasiga muvaffaqiyatli chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Mars

Baholaganlar

269

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing