Amerika kompaniyasi O‘zbekistonda 85 million dollarlik farmatsevtika zavodi quradi

Jamiyat

image

Amerika kompaniyasi Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi farmatsevtika klasterining sanoat hududida “Onkologik dorilar va inson donorlari qon plazmasidan dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihalarini amalga oshiradi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, kecha, 24 iyul kuni qiymati 85 million AQSH dollariga baholanayotgan loyihalarni amalga oshirish uchun uch tomonlama investitsiya shartnomasi imzolangan.

“Imzolash marosimida Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi tomonidan direktor Sardor Kariyev, “Tashkent Pharma Park” direksiyasi tomonidan direktor Sanjar Babajanov va “Rafarma Pharmaceuticals Inc.” tomonidan – mazkur kompaniyaning direktorlar kengashi raisi Ilya Shpurov qatnashdi”, deyiladi xabarda. 

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyevning ta’kidlashicha, umumiy loyiha 5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, korxona tomonidan O‘rta Osiyoda dolzarb bo‘lgan biotexnologik turdagi yangi dorilarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsad qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

179

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing