Amerika klubi Messiga “yog‘li“ shartnoma taklif qildi

Sport

image

PSJ hujumchisi Lionel Messiga Amerikaning "Inter Mayami" klubidan taklif tushdi. Bu haqda futbol jurnalisti Nikola Skira o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Amerika klubi 35 yoshli Messiga juda qulay moliyaviy shartlar keltirilgan taklif bilan chiqqan. PSJ esa argentinalik yulduz bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirmoqchi. Messi kelgusi faoliyatini qayerda davom ettirish bo‘yicha tez orada qaror qabul qilishi kutilmoqda.

Messining PSJ bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi. Futbolchi yaqinda bergan intervyusida Parij jamoasida o‘zini yaxshi his qilayotganini, klub va shaharga to‘liq moslashganini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messi yaqin orada “Barselona”ga qaytmasligi aniq bo‘lgandi. Leoning otasi Xorxe Messi “Barselona” prezidenti Joan Laporta bilan ko‘rishgach, argentinalik futbolchining Kataloniyaga qaytmasligi oydinlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi futbol shartnoma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing