Amerika qit’asidagi davlat AQSHga qo‘shilishni istamoqda

Olam

image

Puyerto-Riko gubernatori Vanda Vazkes Garcyed mamlakatning Qo‘shma Shtatlarga qo‘shilishi to‘g‘risidagi referendumni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunga imzo chekdi. Bu haqda bugun, 17 may kuni “Interfaks“ nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, bu urinish tarixda oltinchisi. AQSHga qo‘shilish uchun referendumda ko‘pchilik ijobiy ovoz berishi yetarli emas. Shunday bo‘lgan taqdirda AQSH senatining qarori bilan Puyerto-Rikoning maqomi o‘zgarishi mumkin.

Referendumga bitta savol qo‘yiladi: “Puyerto-Riko darhol ittifoqqa (AQSH tarkibiga) qabul qilinishi kerakmi?“

Puyerto-Riko 1952 yildan beri AQSHga bir tomonlama qaram hudud hisoblanadi. Puyerto-Rikoliklar AQSH fuqarolaridir, ammo prezidentlik saylovlarida ovoz berishga ruxsat berilmagan. Orol aholisi AQSH daromad solig‘idan ozod qilingan, ammo shu bilan birga, ular ijtimoiy himoya, tibbiy yordam uchun soliqlarni to‘laydilar. Shuningdek qit’adagi shtatlarga qaraganda kamroq federal mablag‘ oladilar.

 

Maqola muallifi

Teglar

AQSh Puerto-Riko Referendum

Baholaganlar

531

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing