“Amerika dahshatining” oxiri: Kolumbiya muhojirlarni uyiga olib keldi
Olam
−
29 yanvar
6287AQSHning ikkita harbiy samolyotini ortga qaytargandan keyin Bogota Kaliforniya va Texasdan 201 nafar fuqarosini, jumladan bolalarni olib kelish uchun havo kuchlarining ikkita samolyotini yubordi. Kecha, 28 yanvar kuni muhojirlar Kolumbiyaga qaydi. Ularning samolyotdan tushayotgani tasvirlangan rasmlarni mamlakat Prezidenti Gustavo Petro o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga joylashtirdi.
Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro o‘tgan hafta Qo‘shma Shtatlardan uylariga kishanlangan holda haydalgan braziliyalik muhojirlarga qilingan muomaladan norozi bo‘lganidan keyin Kolumbiyaga ham shu tarzda qaytarilayotgan migrantlarni olib kelayotgan AQSH harbiy samolyotlarini qo‘nishini taqiqlagandi.
Bu safar esa u ijtimoiy tarmoqlarda o‘z vatandoshlarining Bogotaga manjetsiz tushayotgan fotosuratlarini joylashtirdi va shunday yozdi:
"Ular kolumbiyaliklar, erkin va obro‘li va ularni o‘z vatanlarida sevishadi. Migrant jinoyatchi emas, balki ishlashni, taraqqiyotni, hayot kechirishni istagan inson”, deb yozgan u.
Deportatsiya qilinganlardan biri Karlos Gomes ikki hafta oldin 17 yoshli o‘g‘li bilan “yaxshi kelajak” izlab AQSHga jo‘nab ketganini, biroq u yerda topgan narsa bu emasligini aytdi.
"Bu Amerika orzusi emas, bu Amerika dahshati", dedi Gomes Bogotaga qaytib kelganida jurnalistlarga.
Shuningdek, Gomes ular saqlanayotgan muhojirlar hibsxonasida taomlar "dahshatli" ekani, soqchilar ularni haqoratlagani va sharoit "mahbusnikidan ham yomonroq" ekanini aytdi. San-Diyegodan dastlabki deportatsiyaga urinish boshlanganda Gomes o‘zining va o‘smir o‘g‘lining qo‘llari kishanlangan ham da’vo qildi.
"U menga "Dada og‘riyapti", deb yig‘ladi", deydi Gomes birinchi deportatsiya haqida.
Qayd etish joiz, AQSHning respublikachi Prezidenti Donald Trampning ommaviy muhojirlarni deportatsiya qilish rejalari uni Qo‘shma Shtatlardagi 11 million hujjatsiz muhojirlarning aksariyatining asl uyi bo‘lgan Lotin Amerikasi hukumatlari bilan to‘qnashuv yo‘liga solib qo‘ydi. U bir hafta oldin lavozimga kirishganidan beri minglab odamlar Gvatemala va Meksika kabi mamlakatlarga qaytarildi.
AQSHning avvalgi ma’muriyatlari ham muntazam ravishda noqonuniy muhojirlarni chiqarib yuborgan bo‘lsa-da, Tramp tarixdagi eng katta deportatsiya to‘lqinini va’da qildi.
Gonduras migratsiya masalalarini muhokama qilish uchun ertaga, 30 yanvar kuni Lotin Amerikasi va Karib dengizi davlatlari hamjamiyatining (CELAC) shoshilinch yig‘ilishini chaqirdi. Petro unda ishtirok etishini tasdiqladi, Meksika Prezidenti Klaudiya Sheinbaum esa yig‘ilishga elchisini yuborishini bildirdi.
LiveBarchasi
Trenddagilar


